in the future - u will be able to do some more stuff here,,,!! like pat catgirl- i mean um yeah... for now u can only see others's posts :c
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!
Modul5 Instagram sahifamizga kirish imkoni bo'lmaganligi sababli yangi sahifa ochdik!
Bizni qo'llab quvvatlash uchun yangi sahifamizga obuna bo'ling!
Modul5 jamoasi siz uchun foydali kontent tayyorlashda davom etadi. Biz bilan birga bo’layotganingiz va qo’llab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdormiz!
Hurmat ila Modul5 jamoasi!
Instagram link: www.instagram.com/modul.5/
7 - 0
Mikroqarzlar, tanishlaru do'stlardan qarz olib hotirjamlik yo'qotganlar soni oshib borayotgan davrda, asosiy savol Qarzlardan qanday qutulish mumkin? Nima qilish kerak? Tushunib olish muammolarni yechishda yordam beradi.
Videoni tomosha qiling, video kimga kerakli deb bilsangiz albatta ularga ham ulashing.
#qarz
3 - 0
https://youtu.be/1lB3-5b5QEY
@uzchesss jamoasidan O'zbek kinosi yulduzi Rajab Adashev ishtirokida, yolg'izlik bilan shaxmat orqali kurashayotgan inson aks etgan kichik filmni tomosha qilishga tavsiya qilamiz.
10 - 0
Maqsadlaringizga erisholmayotgan bo'lsangiz, balki shu videoni yana bir marta tomosha qilarsiz?
#Modul5
4 - 0
https://youtu.be/aXz9wny6WzE Ushbu videomizdagi savol?
Biror sohada muvaffaqiyatga erishishda nimaning o'rni muhimroq?
6 - 0
Hurmatli Modul5 obunachilari “Ustoz AI” loyihasi taqdimotiga keling va sovgʻalar yuting
Zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi loyihani qoʻllab-quvvatlash uchun taqdimot marosimiga taklif etamiz.
🎁 Sovgʻalar:
— 1 ta smartfon
— 1 kishiga oromgohda 1 haftalik dam olish
— 3 ta oʻn oylik biznes ta’limga grant vaucher
— 4 ta aqlli soat
— 5 ta maxsus sirli sovgʻalar
— 8 “Ustoz AI” oʻqituvchilari bilan milliy kechki ovqat va konsultatsiya
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
🕔 Vaqt: shanba, 3-avgust 18:00
22 - 1
⚡️O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyani yoqadimi?
YouTube'da birinchi bo‘lib monetizatsiyani yoqqan mutaxassis Jan Weichers Toshkentda ertaga bepul master-klass o‘tib beradi. Uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislar kontent orqali daromad topish borasida tajribalarini ulashishadi.
💬 Mavzu: Kreativ iqtisodiyot, YouTube'da monetizatsiya yoqish va kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash
🕔 O‘tkaziladigan vaqt: shanba, 29-iyun soat 14:00
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyining 1-zali
22 - 0
Parkinson qonuni
Agar bir ishni qilish uchun bir yil muddat berishsa, buning uchun butun bir yil yoki hattoki bir umr ketishi mumkin. Ushbu qonunning xulosasi shuki, biror narsani bajarish uchun sizda vaqt qanchalik ko’p bo'lsa, uni tugatish uchun shuncha vaqt sarflaysiz.
Shuning uchun nima qilish kerak? Ushbu videoda, albatta, savollaringizga javob topasiz. Hoziroq tomosha qiling.
1 - 0
SARATONGA QARSHI DORI | ILHOM SODIQOV | MODUL5 AKADEMIK
Biz siz uchun yana yangi yo'nalishga qo'l urdik. Endi har hafta Modul5da O'zbekiston Fanlar akademiyasining olimlari va ularning ilmiy izlanishlari yoritib boriladi.
Birinchi sonda O'zR FA Yadro fizikasi instituti direktorii Ilhom Sodiqov atom energiyasi orqali ishlab chiqariladigan radioizotop dorilar va ularni tibbiyotda, xususan, saratonni davolashda yuqori ko'rsatkichga erishayotgani haqida gapirib berdilar.
Ushbu videoni ko'rishdan oldin siz O'zbekistonda saratonni davolashda 97% natijaga erishgan dori vositasi ishlab chiqarilishi haqida eshitganmidingiz? Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring!
0 - 0
MODUL5 - Muvaffaqiyat; Omad; Do'stlik; Umid; Liderlik so'zlarining bosh harflarining jamlanmasi bo'lib, har oyda bir marta tashkil etiladigan tadbirlarimizda 5 turli sohaning professionallari o'z yo'nalishlarida mahorat darslarini berishadi. Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul. MODUL5 ning asosiy maqsadi O'zbekiston yoshlariga sof o'zbek tilidagi foydali bo'lgan ma'lumotlarni ishonchli insonlar tomonidan yetkazib, tushutirish va kelajakda ularning rivojlanishidagi asosiy platforma bo'lishdir.
Shu kunga qadar loyihada 100dan ortiq spikerlar ishtirok etdi. Offline formatda 10000 dan ziyod yoshlarni bir yerda rivojlanish uchun jamlashga erishdi. 2020-yilda MODUL5 loyihasi "O'zbekiston Yoshlar forumi" doirasida "Yilning eng yaxshi ta'lim dasturi" etib taqdirlandi.
Biz bilan birga rivojlaning va rivojlantiring. MODUL5 Muvaffaqiyat Sari!
Loyiha 2019-yil O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, 2021-yili esa Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan moliyalashtirilgan.Bugungi kunda homiy qidirilmoqda.