Channel Avatar

@UCWIzlxf_d6fmt2XKTcBANtQ@youtube.com

58K subscribers - no pronouns :c

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaev. Dasturlash, Sunʼiy I


Welcoem to posts!!

in the future - u will be able to do some more stuff here,,,!! like pat catgirl- i mean um yeah... for now u can only see others's posts :c


Posted 3 years ago

Assalomu alaykum hurmatli do'stlar. Ertaga 22-mart soat 19:15 da Telegramdagi kanallar uchun moslangan Audio chatni sinovdan o'tkazish maqsadida do'stimiz Muhammadjavoxir Suratov (@mayoquz) bilan birgalikda ochiq suhbat tashkil qilamiz.

Audio suhbatimiz AMA (Ask Me Anything) ixtiyoriy savolingizni soʻrang uslubida boʻladi.

Demak saqlab qo'ying: 22/03/2021, Toshkent vaqti bilan 19:15 da t.me/sariqdev kanalida.

Telegramda gaplashguncha 🖐

67 - 3


Posted 3 years ago

Redmonk Portali oxirgi 10 yilda dasturlash tillarining reytingi qanday o'zgarganini tahlil qilibdi (GitHub va StackOverflow asosida).

Top-5 talikda katta o'zgarishlar yo'q. JavaScript, Python, Java ga talab hali ham katta. Bir vaqtlar adashib kirib qolgan Ruby esa pozisiyalarini yo'qotishda davom etmoqda.

Reytingni pastida esa aksincha, o'zgarishlar katta. Jumladan, TypeScript, Kotlin, Swift va Rust tezlik bilan ko'tarilib kelayapti. Perl esa reytingning tubiga qarab yo'l olgan.

Umuman olganda, asosiy xulosa shuki, dasturlash tillarining reytingi juda sekinlik bilan o'zgaradi. Katta ehtimol bilan, bugun talab katta bo'lgan tillar yana kamida 10 yil shunday qoladi.

Demak, dasturlashga yangi kirayotganlarga qo'rqmasdan Python va JavaScriptni o'rganish tavsiya qilinadi. Bu tillar "eski" bo'lsa ham, hali beri topdan tushmaydi.

Yosh tillarga esa topga chiqquncha yillar talab qilinishi mumkin.

@sariqdev

82 - 12